O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mazkur tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshirishlari mumkin. Tanlov “Farg‘ona invest kompaniyasi” AJ (keyingi o‘rinlarda – Jamiyat) amaldagi qonun hujjatlari asosida o‘tkaziladi.
Tanlovga arizalarni qabul qilish muddatlari:
E’lon qilingan kundan boshlab 10 kalendar kun.
Bo‘sh ish o‘rni soni: 1 ta (ichki audit xizmati auditori)
Arizalar quyidagi manzilga yuboriladi:
info@fargonainvest.uz va sobithon1980@mail.ru, 93-270-03-33
Auditorning asosiy vazifalari:
- ichki audit tekshiruvlarini rejalashtirish va o‘tkazish;
- Jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish;
- ichki nazorat tizimining samaradorligini baholash;
- moliyaviy va operatsion xatarlarni aniqlash va baholash;
- aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
- audit natijalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlash va Kuzatuv kengashiga taqdim etish;
- amaldagi qonunchilik va ichki hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida yoxud qonun hujjatlariga muvofiq tan olingan xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy iqtisodiy ma’lumot;
so‘nggi o‘n yil mobaynida kamida 2 yil buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida amaliy ish tajribasi (shu jumladan o‘rindoshlik asosida);
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi bo‘yicha yetarli bilimlar;
auditorlik sohasida maxsus ko‘nikmalarga ega bo‘lish va ularni amalda qo‘llay olish;
buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarini (IFRS) bilish (qo‘llab-quvvatlanadi);
O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi, audit va korporativ boshqaruv sohasidagi qonunchiligini bilish;
axborot texnologiyalaridan (MS Excel, buxgalteriya dasturlari) foydalanish ko‘nikmalari.
Sertifikatga qo‘yiladigan talablar:
amaldagi auditor sertifikati mavjud bo‘lishi shart (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tan olingan);
xalqaro professional sertifikatlar (ACCA, CPA, CIA va boshqalar) mavjudligi ustunlik beradi;
ichki auditor sertifikati (CIA yoki boshqa) mavjud bo‘lishi qo‘shimcha afzallik hisoblanadi.
Nomzodlar e’lon berilgan sanadan boshlab 10 kalendar kun ichida quyidagi hujjatlarni PDF formatda taqdim etishlari lozim:
- ariza;
- rezyume (CV);
- pasport nusxasi;
- diplom nusxasi;
- auditor va boshqa sertifikatlar nusxalari;
- ish tajribasini tasdiqlovchi hujjatlar;
- zarur hollarda boshqa qo‘shimcha hujjatlar.
Tanlov bosqichlari:
- taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki saralash;
- suhbat (intervyu).
Qo‘shimcha ma’lumotlar:
- ish joyi: Farg‘ona shahar Ilg‘or MFY Xalqaro ko‘rgazmalar Ekspo markazi binosi;
- ish rejimi: to‘liq ish kuni;
- mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilinadi;
- ish haqi: kelishuv asosida.
Taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Noto‘liq hujjatlar taqdim etgan yoki belgilangan talablarga javob bermaydigan nomzodlar tanlovda ishtirok etishga qo‘yilmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
info@fargonainvest.uz va sobithon1980@mail.ru, 93-270-03-33