E’lonlar

QO‘SHTEPA TUMANIDA RENOVATSIYA LOYIHALARI BO‘YICHA DASTLABKI MALAKA BOSQICHI E’LON QILINADI

“Farg‘ona Invest Kompaniyasi” AJ Farg‘ona viloyati hokimining 2026-yil 3-iyuldagi 332-11-0-Q/26-son qarori asosida Qo‘shtepa tumanida renovatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xususiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha Dastlabki malaka bosqichini e’lon qiladi.

Asosiy talablar

Talabgorlar:
— qurilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish tajribasiga;
— yetarli moliyaviy imkoniyat va barqarorlikka;
— zarur tashkiliy-texnik salohiyatga;
— renovatsiya loyihasi bo‘yicha konseptual taklifga ega bo‘lishi lozim.

Taqdim etiladigan hujjatlar

— ishtirok etish to‘g‘risida ariza;
— davlat ro‘yxatidan o‘tganlik va ta’sis hujjatlari;
— moliyaviy hisobotlar;
— amalga oshirilgan qurilish va investitsiya loyihalari haqida ma’lumot;
— loyihani moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida ma’lumot;
— renovatsiya bo‘yicha konseptual taklif;
— aholi bilan ishlash, kompensatsiya va ko‘chirish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha taklif;
— soliq qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumot.

Hujjatlarni qabul qilish muddati

2026-yil 24-iyuldan 7-avgust soat 18:00 gacha.

Dastlabki malakadan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar keyingi tanlov bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

Dastlabki malakadan o‘tish talabgorning yakuniy investor sifatida tanlanganligini anglatmaydi.

Huquqiy asoslar

— PF-135-son Farmon;
— PQ-61-son qaror;
— PF-29-son Farmon;
— Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-apreldagi 151-son qarori;
— Farg‘ona viloyati hokimining 2026-yil 3-iyuldagi 332-11-0-Q/26-son qarori.

Murojaat uchun

“Farg‘ona Invest Kompaniyasi” AJ

Manzil: Farg‘ona Eko shahar, “Farg‘ona Expo” xalqaro ko‘rgazmalar markazi, 2-qavat, 10-xona.

Tel.: +998 90 301-30-31, +998 97 557-22-50

E-mail: fargonainvestuz@gmail.com

Veb-sayt: fargonainvest.uz

← Barcha e’lonlar