E’lonlar

QO‘QON SHAHRIDA RENOVATSIYA LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH UCHUN INVESTORLARNI TANLAB OLISH BO‘YICHA DASTLABKI MALAKA BOSQICHI

E’LONI

“Farg‘ona invest kompaniyasi” AJ Farg‘ona viloyati hokimining tegishli qarorlari asosida Qo‘qon shahrida renovatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun salohiyatli investorlarni jalb etish bo‘yicha Dastlabki malaka bosqichini e’lon qiladi.

1. Renovatsiya obyektlari va manzillari

1-hudud: Qo‘qon shahri, To‘lzor va Istiqlol MFYlari, A.Temur, Toshhovuz va To‘qqiz buloq ko‘chalari kesishmasida joylashgan:

9, 11, 13, 15, 17, 19, 21, 23, 18, 42, 44, 2, 4, 6, 8, 10, 12 va 14-uylar.

2-hudud: Qo‘qon shahri, Turkiston MFY, A.Charxiy ko‘chasida joylashgan:

9, 11, 13 va 15-uylar.

3-hudud: Qo‘qon shahri, Nonvoylikguzar MFY, Yangi Chorsu ko‘chasi, 211-uy hamda unga tutash hudud.

Mazkur hududlarda mavjud eskirgan turar va noturar joy obyektlari o‘rnida renovatsiya asosida zamonaviy ko‘p kvartirali turar-joy majmualarini barpo etish nazarda tutiladi.

2. Talabgorlarga qo‘yiladigan asosiy talablar

Talabgor:

· qurilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha yetarli tajribaga;

· loyihani moliyalashtirish uchun zarur moliyaviy imkoniyat va barqarorlikka;

· yetarli tashkiliy-texnik va kadrlar salohiyatiga;

· renovatsiya hududini kompleks rivojlantirish bo‘yicha asoslangan konseptual taklifga ega bo‘lishi lozim.

3. Taqdim etiladigan hujjatlar

Talabgor quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

· Dastlabki malaka bosqichida ishtirok etish to‘g‘risida ariza;

· yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat va ta’sis hujjatlari;

· talabgorning moliyaviy holatini tasdiqlovchi hisobot va ma’lumotlar;

· amalga oshirilgan qurilish va investitsiya loyihalari to‘g‘risida ma’lumot;

· loyihani moliyalashtirish manbalari va moliyaviy imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot;

· renovatsiya hududini rivojlantirish bo‘yicha konseptual taklif;

· mavjud mulkdorlar va aholi bilan ishlash, kompensatsiya hamda ko‘chirish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha taklif;

· soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud emasligini tasdiqlovchi ma’lumot;

· talabgor tugatilish yoki to‘lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) jarayonida emasligini tasdiqlovchi hujjat;

· talabgorning salohiyatini tasdiqlovchi boshqa qo‘shimcha hujjatlar.

“Farg‘ona invest kompaniyasi” AJ taqdim etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini tekshirish hamda zarurat tug‘ilganda qo‘shimcha tasdiqlovchi hujjatlarni so‘rab olish huquqiga ega.

4. Hujjatlarni qabul qilish muddati va tartibi

Qabul qilish muddati: 2026-yil 19-avgustdan 28-avgust kuni soat 18:00 ga qadar.

Hujjatlar:

· “Farg‘ona invest kompaniyasi” AJga qog‘oz shaklida, muhrlangan konvertda;

· yoki rasmiy elektron pochta manzili orqali PDF formatda taqdim etiladi.

Belgilangan muddatdan kechiktirib taqdim etilgan, to‘liq bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

5. Dastlabki malaka natijalari

Dastlabki malaka talablariga muvofiq deb topilgan talabgorlar renovatsiya loyihalari bo‘yicha keyingi bosqich — “Eng yaxshi takliflarni tanlab olish” tanlovida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

Dastlabki malakadan muvaffaqiyatli o‘tish talabgorning yakuniy investor sifatida tanlanganini, unga yer uchastkasi yoki ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan huquq berilganini, qurilish ishlarini boshlash huquqi vujudga kelganini yoki investitsiya shartnomasi tuzilganini anglatmaydi.

Loyiha bo‘yicha investor keyingi tanlov natijalariga ko‘ra aniqlanadi va g‘olib bilan qonunchilikda belgilangan tartibda investitsiya shartnomasi tuziladi.

6. Huquqiy asoslar

Mazkur Dastlabki malaka bosqichi O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-sentabrdagi PF–135-son, 2026-yil 24-fevraldagi PF–29-son Farmonlari, 2026-yil 13-fevraldagi PQ–61-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-apreldagi 151-son qarori, shuningdek Farg‘ona viloyati hokimining:

· 2026-yil 3-iyuldagi 329-11-0-Q/26-son qarori;

· 2026-yil 15-iyuldagi 347-11-0-Q/26-son qarori;

· 2026-yil 14-avgustdagi 397-11-0-Q/26-son qarori asosida tashkil etiladi.

7. Murojaat uchun

Tashkilot: “Farg‘ona invest kompaniyasi” AJ

Manzil: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Eko shahar, “Farg‘ona Expo” xalqaro ko‘rgazmalar markazi, 2-qavat, 10-xona.

Telefonlar: +998 90 301-30-31, +998 97 557-22-50

Elektron pochta: fargonainvestuz@gmail.com

Rasmiy veb-sayt: fargonainvest.uz

← Barcha e’lonlar