








📍 Farg‘ona viloyati
«Farg‘ona Invest Kompaniyasi» AJda Yaponiyaning «Yachiyo Engineering Co.,Ltd»kompaniyasi vakillari bilan istiqbolli investitsiyaviy hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🤝 Uchrashuvda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, xususan, Farg‘ona viloyatida zamonaviy texnologiyalar asosida ipak ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
🧵 Loyiha doirasida:
▪️ ipakchilik tarmog‘ini rivojlantirish;
▪️ zamonaviy yapon uskunalarini joriy etish;
▪️ ipak qurti yetishtirish va ozuqa ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish;
▪️ zamonaviy ipak fabrikasini tashkil etish;
▪️ mutaxassislarni o‘qitish va texnik ko‘nikmalarini oshirish;
▪️ yuqori sifatli xom ipak ishlab chiqarish hamda eksport salohiyatini kengaytirish nazarda tutilmoqda.
🌱 Farg‘ona viloyati loyihani amalga oshirish uchun istiqbolli hududlardan biri sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Bunga viloyatda ipakchilik uchun zarur bo‘lgan tutzorlar va mavjud ishlab chiqarish bazasi mavjudligi asos bo‘lmoqda.
📈 Loyihaning muhim jihatlaridan biri — yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy fermerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, qishloq hududlarida iqtisodiy faollikni oshirish hamda O‘zbekistonning yuqori sifatli ipak mahsulotlari eksport salohiyatini kengaytirishdir.
🏢 «Farg‘ona Invest Kompaniyasi» AJ xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni hududga jalb etish va ularni amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirmoqda
🤝 Farg‘ona Invest kompaniyasi — investorning ishonchli hamkori.
☎️+998 55 808 5025
📱 +998 97 046 11 66
🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: