Yangiliklar

🇺🇿🤝🇨🇳 FARG‘ONA INVEST KOMPANIYASIDA XITOYLIK INVESTORLAR BILAN UCHRASHUV

📍 Farg‘ona Invest Kompaniyasiga Xitoyning Beijing Jianyi Investment Development (Group) Co., Ltd. kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi.
🏢 Beijing Jianyi Investment Development (Group) Co., Ltd. kompaniyasi 1992-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bosh ofisi Pekin shahrida joylashgan. Kompaniya guruhi sanoat va fuqarolik qurilishi, hududlarni rejalashtirish, yig‘ma po‘lat konstruksiyalar hamda qurilish jarayonlarini raqamlashtirish yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi.
🤝 Uchrashuv davomida Farg‘ona viloyatida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
🔹 Xususan:
• 🏭 zamonaviy sanoat binolarini barpo etish;
• 🧱 qurilish komponentlarini ishlab chiqarish;
• 🚛 logistika infratuzilmasini rivojlantirish;
• 🏙 hududlarni kompleks rejalashtirish va rivojlantirish;
• 🏠 energiya tejamkor turar joy loyihalarini amalga oshirish;
• 💻 qurilish jarayonlarini raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish.
🌐 Tomonlar Farg‘ona viloyatining investitsiyaviy salohiyatidan samarali foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish va istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.
🤝 Farg‘ona Invest kompaniyasi — investorning ishonchli hamkori.

☎️+998 55 808 5025

📱 +998 97 046 11 66

🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

| Instagram | Facebook | Telegram | YouTube

← Barcha yangiliklar