E’lonlar

UCHKO‘PRIK TUMANI, UCHKO‘PRIK MFY, SHODLIK MASSIVI HUDUDIDAGI MA’NAN ESKIRGAN 2 QAVATLI TURAR JOY BINOLARI O‘RNIGA 9 VA 12 QAVATLI ZAMONAVIY TURAR JOYLAR BARPO ETISH LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH UCHUN INVESTORLARNI TANLAB OLISH BO‘YICHA TANLOV E’LON QILINADI

LOYIHA BOSH REJASI
HUQUQIY ASOS VA TADBIRLAR
1. «Farg‘ona invest kompaniyasi» AJ Uchko‘prik tumanida renovatsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida moliyaviy va texnik salohiyatga ega mahalliy hamda xorijiy investor-quruvchilar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi. Tanlov dastlabki malakani baholash va yakuniy bosqichda eng yaxshi takliflarni tanlab olish tartibida o‘tkaziladi.
2. Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-sentabrdagi PF-135-son Farmoni, Farg‘ona viloyati hokimining 2025-yil 28-fevraldagi 120-11-0-0/25-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-apreldagi 151-son qarori hamda tegishli qonunchilik hujjatlari asosida tashkil etiladi.
3. Farg‘ona viloyati hokimining 120-11-0-0/25-son qaroriga muvofiq, Uchko‘prik tumani «Uchko‘prik» MFY hududidagi 11,7 gektar maydonda renovatsiya loyihasini amalga oshirish belgilangan.
4. Loyiha doirasida Sog‘lom avlod ko‘chasi hududidagi 2,2 gektar yer maydonida joylashgan 6 ta ichki kvartalni yangilash, mavjud turar joylar o‘rnida zamonaviy ko‘p qavatli turar joy majmuasini barpo etish va loyihaga xususiy investorlarni jalb qilish rejalashtirilgan.
LOYIHA KO‘RSATKICHLARI
JAMI — 16 TA LOT
9 VA 12 QAVATLI TURAR JOYLAR
I BOSQICH — DASTLABKI MALAKA
Qurilish va investitsiya sohasidagi tajriba.
Moliyaviy barqarorlik va investitsiya imkoniyatlari.
Texnik salohiyat va malakali kadrlar mavjudligi.
Renovatsiya loyihasi bo‘yicha dastlabki konsepsiya.
II BOSQICH — ENG YAXSHI TAKLIFLARNI TANLASH
Arxitektura va shaharsozlik konsepsiyasi.
Investitsiya hajmi va loyihaning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi.
Loyihaning moliyaviy jihatlari.
Qurilish muddatlari va ishlarni bajarish rejasi.
TANLOV HUJJATLARINI QABUL QILISH MUDDATI
Oxirgi muddat:
27.10.2026
Soat 18:00 gacha
RENOVATSIYA HUDUDINING KONSEPTUAL KO‘RINISHI
Yangi zamonaviy uy-joylar majmuasining konseptual ko‘rinishi.
MUROJAAT UCHUN
«Farg‘ona invest kompaniyasi» AJ
Telefonlar:
+998 91 776 60 10
+998 91 957 22 50
+998 91 117 30 00
Elektron pochta:
fargonainvestuz@gmail.com
Veb-sayt:
fargonainvest.uz

FARG‘ONA INVEST KOMPANIYASI INVESTORNING ISHONCHLI HAMKORI

← Barcha e’lonlar