E’lonlar

RENOVATSIYA LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH BO‘YICHA XUSUSIY INVESTORLAR UCHUN DASTLABKI MALAKA BOSQICHI E’LON QILINADI

“Farg‘ona invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati hokimining 2026-yil 17-iyundagi 310-11-0-Q/26-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Beshariq, Bag‘dod, Dang‘ara va O‘zbekiston tumanlarida renovatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xususiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha Dastlabki malaka bosqichi e’lon qilinganligini ma’lum qiladi.

Mazkur loyihalar Beshariq, Bag‘dod, Dang‘ara va O‘zbekiston tumanlarining me’moriy qiyofasini yangilash, aholi uchun qulay va zamonaviy yashash muhitini shakllantirish, ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan hamda ma’nan eskirgan ikki qavatli, yakka tartibdagi uy-joylar va noturar obyektlar o‘rnida zamonaviy ko‘p kvartirali turar joy majmualarini barpo etish maqsadida amalga oshiriladi.

1. Loyiha amalga oshiriladigan hududlar

Dastlabki malaka bosqichi quyidagi hududlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • Beshariq tumani
  • Bag‘dod tumani
  • Dang‘ara tumani
  • O‘zbekiston tumani

Har bir hudud bo‘yicha renovatsiya loyihasini amalga oshirish uchun xususiy investorlar tomonidan takliflar qabul qilinadi.

2. Dastlabki malaka bosqichining maqsadi

Dastlabki malaka bosqichining asosiy maqsadi — renovatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun moliyaviy, tashkiliy, texnik va amaliy salohiyatga ega bo‘lgan xususiy investorlarni aniqlash hamda keyingi bosqichlarda ishtirok etish uchun munosib talabgorlarni saralashdan iborat.

3. Investorlarga qo‘yiladigan asosiy talablar

Ishtirok etuvchi talabgorlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha baholanadi:

  • renovatsiya, ko‘p kvartirali uy-joylar qurilishi yoki yirik qurilish-investitsiya loyihalarini amalga oshirish tajribasi;
  • loyihani moliyalashtirish imkoniyati va moliyaviy barqarorligi;
  • qurilish, loyihalash, shaharsozlik va muhandislik infratuzilmasi bo‘yicha tashkiliy-texnik salohiyati;
  • aholi manfaatlarini ta’minlash, ko‘chirish, kompensatsiya va kelishuv jarayonlarida qonunchilik talablariga rioya qilish imkoniyati;
  • zamonaviy arxitektura, energiya samaradorligi, qulay yashash muhiti va ijtimoiy infratuzilma talablarini inobatga olgan holda loyiha taklifi.

4. Talabgorlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • ishtirok etish to‘g‘risida ariza;
  • yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • ta’sis hujjatlari va rahbar vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • so‘nggi hisobot davri uchun moliyaviy hisobotlar;
  • amalga oshirilgan loyihalar haqida ma’lumot;
  • moliyalashtirish manbalari bo‘yicha dastlabki ma’lumot;
  • konseptual loyiha taklifi;
  • aholi bilan ishlash va kompensatsiya bo‘yicha taklif;
  • soliq qarzdorligi yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumot;
  • boshqa qonunchilikka zid bo‘lmagan hujjatlar.

5. Hujjatlarni qabul qilish tartibi

Hujjatlar e’lon qilingan kundan boshlab belgilangan muddat davomida qabul qilinadi.

Manzil: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona eko shahar, “Farg‘ona Expo xalqaro ko‘rgazmalar markazi”, 2-qavat, 10-xona
Telefon: 99-363-39-37, 97-557-22-50
E-mail: fargonainvest@info.uz
Veb-sayt: fargonainvest.uz

6. Muhim shartlar

Dastlabki malaka bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar keyingi bosqichlarda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

Bu bosqichdan o‘tish investorni yakuniy tanlanganligini anglatmaydi.

7. Huquqiy asoslar

Mazkur bosqich quyidagi hujjatlar asosida e’lon qilinadi:

  • “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun;
  • PF-135-son Farmon (06.09.2024);
  • PQ-61-son Qaror (13.02.2026);
  • PF-29-son Farmon (24.02.2026);
  • VM 151-son Qarori (08.04.2026);
  • Farg‘ona viloyati hokimining 310-11-0-Q/26-son qarori (17.06.2026).

“Farg‘ona Invest kompaniyasi” AJ renovatsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli tashkilot.

← Barcha e’lonlar