E’lonlar

“Farg‘ona Invest kompaniyasi” AJ ichki audit xizmati auditori lavozimiga tanlov e’lon qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mazkur tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshirishlari mumkin. Tanlov “Farg‘ona invest kompaniyasi” AJ (keyingi o‘rinlarda – Jamiyat) amaldagi qonun hujjatlari asosida o‘tkaziladi.

Tanlovga arizalarni qabul qilish muddatlari:

E’lon qilingan kundan boshlab 10 kalendar kun.

Bo‘sh ish o‘rni soni: 1 ta (ichki audit xizmati auditori)

Arizalar quyidagi manzilga yuboriladi:

info@fargonainvest.uz va sobithon1980@mail.ru, 93-270-03-33

Auditorning asosiy vazifalari:

  • ichki audit tekshiruvlarini rejalashtirish va o‘tkazish;
  • Jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish;
  • ichki nazorat tizimining samaradorligini baholash;
  • moliyaviy va operatsion xatarlarni aniqlash va baholash;
  • aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
  • audit natijalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlash va Kuzatuv kengashiga taqdim etish;
  • amaldagi qonunchilik va ichki hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida yoxud qonun hujjatlariga muvofiq tan olingan xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy iqtisodiy ma’lumot;

so‘nggi o‘n yil mobaynida kamida 2 yil buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida amaliy ish tajribasi (shu jumladan o‘rindoshlik asosida);

tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi bo‘yicha yetarli bilimlar;

auditorlik sohasida maxsus ko‘nikmalarga ega bo‘lish va ularni amalda qo‘llay olish;

buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarini (IFRS) bilish (qo‘llab-quvvatlanadi);

O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi, audit va korporativ boshqaruv sohasidagi qonunchiligini bilish;

axborot texnologiyalaridan (MS Excel, buxgalteriya dasturlari) foydalanish ko‘nikmalari.

Sertifikatga qo‘yiladigan talablar:

amaldagi auditor sertifikati mavjud bo‘lishi shart (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tan olingan);

xalqaro professional sertifikatlar (ACCA, CPA, CIA va boshqalar) mavjudligi ustunlik beradi;

ichki auditor sertifikati (CIA yoki boshqa) mavjud bo‘lishi qo‘shimcha afzallik hisoblanadi.

Nomzodlar e’lon berilgan sanadan boshlab 10 kalendar kun ichida quyidagi hujjatlarni PDF formatda taqdim etishlari lozim:

  • ariza;
  • rezyume (CV);
  • pasport nusxasi;
  • diplom nusxasi;
  • auditor va boshqa sertifikatlar nusxalari;
  • ish tajribasini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • zarur hollarda boshqa qo‘shimcha hujjatlar.

Tanlov bosqichlari:

  • taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki saralash;
  • suhbat (intervyu).

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

  • ish joyi: Farg‘ona shahar Ilg‘or MFY Xalqaro ko‘rgazmalar Ekspo markazi binosi;
  • ish rejimi: to‘liq ish kuni;
  • mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilinadi;
  • ish haqi: kelishuv asosida.

Taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Noto‘liq hujjatlar taqdim etgan yoki belgilangan talablarga javob bermaydigan nomzodlar tanlovda ishtirok etishga qo‘yilmaydi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

info@fargonainvest.uz va sobithon1980@mail.ru, 93-270-03-33

← Barcha e’lonlar