Yangiliklar

🚘 60 km uzunlikdagi avtomagistral loyihasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi

🇨🇳 Xitoy Xalq Respublikasining “Hua Zhong Wei Ye Construction Group Co., Ltd.” kompaniyasi vakillari, “Farg‘ona Invest Kompaniyasi” AJ direktori Sabirov Muhammadjon Nomandjonovich hamda Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi bosh muhandisi Mahmudov Avazbek ishtirokida muhim muzokaralar o‘tkazildi.

🤝 Muzokaralar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilib, Farg‘ona viloyatidagi 60 km uzunlikdagi avtomagistralni rekonstruksiya qilish hamda pullik yo‘l loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

🏗 Uchrashuv davomida loyihaning texnik, infratuzilmaviy va investitsiyaviy jihatlari, shuningdek, zamonaviy transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

🌐 Mazkur loyiha Farg‘ona viloyatida transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yo‘l harakati qulayligini oshirish va zamonaviy avtomagistral infratuzilmasini shakllantirishga qaratilgan.

🤝 Farg‘ona Invest Kompaniyasi — investorning ishonchli hamkori.

☎️+998 55 808 5025

📱 +998 97 046 11 66

🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

| Instagram | Facebook | Telegram | YouTube

Telegram
Farg’ona invest kompaniyasi
Investorning ishonchli hamkori

← Barcha yangiliklar