Yangiliklar

Farg‘ona Invest Kompaniyasi AJ va Xitoy kompaniyasi o‘rtasida shartnoma imzolandi.

Farg‘ona Invest Kompaniyasi balansidagi Farg‘ona xalqaro ko‘rgazmalar markazi binosining bir qavatini to’liq ijaraga berish bo‘yicha Xitoy Kompaniyasi bilan ikki tomonlama kelishuv asosida ijara shartnomasi imzolandi.
Mazkur shartnomaga muvofiq ijara obyektidan Xitoy kompaniyalari zamonaviy ofis sifatida foydalanishni rejalashtirmoqda.
Ushbu hamkorlik Farg‘ona viloyatining investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish, xorijiy investorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini tashkil etish hamda hududda xalqaro biznes aloqalarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, mazkur kelishuv natijasida xorijiy kompaniyalarning Farg‘ona viloyatiga bo‘lgan ishonchi yanada mustahkamlanib, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy biznes infratuzilmasini rivojlantirish, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini tashkillash uchun muhim zamin bo’lib xizmat qiladi.
Farg‘ona Invest Kompaniyasi  tomonidan amalga oshirilayotgan bunday hamkorlik loyihalari hudud iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga, investitsiya oqimining ortishiga hamda xalqaro iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishiga munosib hissa qo‘shmoqda.
Mazkur shartnoma Farg‘ona xalqaro ko‘rgazmalar markazini nafaqat ko‘rgazma maydoni, balki xorijiy investorlar va mahalliy tadbirkorlarni birlashtiruvchi zamonaviy biznes platformasiga aylantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
Kelgusida ham Farg‘ona Invest Kompaniyasi xorijiy investorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, hududga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish hamda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish borasidagi ishlarni izchil davom ettiradi.

📞 +998 97 046 11 66

| Instagram | Facebook | Telegram | YouTube

← Barcha yangiliklar