Yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-apreldagi 151-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston, Buvayda, Beshariq, Dang‘ara, Bag‘dod tumanlarida renovatsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tender o‘tkazildi.

O‘zbekiston tumani
Yaypan G‘uzar MFY, Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan 5 ta ko‘p qavatli uy (60 ta xonadon) o‘rnida «RAPQON TREND CITY» MChJ tomonidan 268 xonadondan iborat 3 ta 7–9 qavatli zamonaviy turar joy binolari qurilishi rejalashtirilgan.
Buvayda tumani
Yashinarobod MFY, Kelajak ko‘chasidagi 1-, 2- va 3-uylar (36 ta xonadon) o‘rnida «AZAMAT QURILISH BUVAYDA FAYZ» xususiy korxonasi tomonidan 164 xonadondan iborat 4 ta yangi ko‘p qavatli uy barpo etilishi ko‘zda tutilgan.
Beshariq tumani
Fayziobod MFY, Yangihayot MFY hamda Hamid Olimjon MFY hududlaridagi 13 ta uy (160 ta xonadon) o‘rnida jami 1001 xonadondan iborat 20 ta zamonaviy ko‘p qavatli turar joy binolari qurilishi rejalashtirilgan.
Dang‘ara tumani
Uvaysiy MFY, Istiqlol mavzesidagi 18 ta uy (232 ta xonadon) o‘rnida «VODIY STAR HOUSE» MChJ tomonidan 1960 xonadondan iborat 35 ta zamonaviy turar joy binolari barpo etilishi rejalashtirilgan.
Bag‘dod tumani
O‘zbekiston MFY, Bo‘ston dahasidagi 2 ta uy (28 ta xonadon) o‘rnida 214 xonadondan iborat 4 ta ko‘p qavatli turar joy binolari qurilishi rejalashtirilgan.
Mazkur renovatsiya loyihalari hududlarda zamonaviy, qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish, mavjud uy-joy fondini yangilash hamda aholini sifatli infratuzilmaga ega turar joylar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

📞 +998 97 046 11 66

← Barcha yangiliklar