Yangiliklar

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiyada “Farg‘ona Invest Kompaniyasi” AJ rahbari Sabirov Muhammadjon Nomandjonovich kun tartibidagi to‘qqizinchi, o‘ninchi va o‘n birinchi masalalar yuzasidan batafsil taqdimot bilan ishtirok etdi.
Jumladan:
Farg‘ona viloyatidagi mavjud hamda yangi barpo etiladigan gastronomik va turizm ko‘chalarida mulk egalari tasarrufidagi bino va inshootlarga tutash hududlar, shuningdek, umumiy foydalanishdagi yer uchastkalaridan tijorat maqsadlarida foydalanish tartibini tasdiqlash;
Farg‘ona viloyatida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismi uchun to‘lov miqdoriga nisbatan qo‘llaniladigan koeffitsiyentlarni tasdiqlash;
Farg‘ona viloyatida renovatsiya loyihalarini tashabbus qilish, tasdiqlash hamda auksion savdolariga chiqarish tartibini belgilash masalalari yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari, yangi tartiblar va ularning amaliy ahamiyati bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Taqdimot davomida mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlangan slaydlar namoyish etilib, yangi tartiblarning mazmun-mohiyati, ularni amaliyotga joriy etish mexanizmlari hamda kutilayotgan natijalar keng yoritildi.
Muhokamalar jarayonida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va savollarga “Farg‘ona Invest Kompaniyasi” AJ rahbari Sabirov Muhammadjon Nomandjonovich tomonidan aniq, asoslantirilgan va atroflicha javoblar berildi. Bu esa sessiya ishtirokchilarida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan yagona va to‘liq tushuncha shakllanishiga xizmat qildi.sessiya yakunida
deputatlar ko’rib chiqilgan masalalarni bir ovozdan maqulladilar.

📞 +998 97 046 11 66

| Instagram | Facebook | Telegram | YouTube

← Barcha yangiliklar