Yangiliklar

XALQARO HAMKORLIK: XITOYLIK INVESTORLARGA ISTIQBOLLI LOYIHAlar TAQDIM ETILDI

«Farg‘ona Invest Kompaniyasi» AJ rahbari Sabirov Muhammadjon Nomandjonovich hamda Loyiha tahlil bo‘limi bosh mutaxassisi Toshmatov Bahrom Bahadirjanovich ishtirokida Toshkent shahrida xitoylik yirik tadbirkor Chi Lu xonim va 64 nafardan ortiq Xitoy kompaniyalari direktorlari bilan onlayn muloqot tashkil etildi.
🤝 Muloqot davomida kompaniyaga tegishli 6 ta istiqbolli investitsiya loyihasi xorijiy hamkorlarga taqdim etildi. Loyihalar yuzasidan ma’lumotlar almashilib, Xitoy kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
🌐 Mazkur muloqot Farg‘ona viloyatining investitsiyaviy salohiyatini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish, xorijiy investorlar bilan aloqalarni mustahkamlash hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
🏢🤝 Farg‘ona Invest kompaniyasi — investorning ishonchli hamkori.

☎️+998 55 808 5025

📱 +998 97 046 11 66

🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

| Instagram | Facebook | Telegram | YouTube

← Barcha yangiliklar