Jamiyat kuzatuv kengashi Jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi amaldagi qonunchilik va Jamiyat ustavi bilan aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalarni
hal etish bundan mustasno. Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan uch yillik muddatga saylanadilar. Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarining soni 5 (besh) kishidan iborat. Bunda, kuzatuv kengashi tarkibiga bir nafar mustaqil a’zo kiritiladi. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida saylangan kuzatuv kengashi a’zosi mazkur yigʻilish bayonnomasida qaysi aksiyadorning vakili ekanligi
yoki kuzatuv kengashining qaysi a’zosi mustaqil a’zo ekanligi koʻrsatilishi kerak. Jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:
▪ Jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida Jamiyat ijroiya organining hisobotini muntazam ravishda eshitib
borgan holda Jamiyat faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
▪ aksiyadorlarning yillik va navbatdan tashqari umumiy yigʻilishlarini
chaqirish, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
▪ aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibini tayyorlash
va oʻtkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilash;
▪ aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida xabar qilish
va yigʻilishda ishtirok etish uchun Jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish
sanasini belgilash;
▪ mol-mulkning bozor qiymatini belgilashni tashkil etish;
▪ homiylik (xayriya) yoki begʻaraz yordam koʻrsatish (olish) tartibi va
shartlarini belgilash, ularni amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
▪ jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish masalalarini,
shuningdek jamiyat ustaviga jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini)
koʻpaytirish hamda jamiyatning e’lon qilingan aksiyalari sonini kamaytirish bilan
bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi masalalarni hal qilish;
▪ qonunchilikka muvofiq aksiyalarni joylashtirish (tashkil etilgan qimmatli
qogʻozlar savdolariga chiqarish) narxini belgilash;
▪ avval roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarishlariga oʻzgartirish
va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
▪ Jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aksiyalarga
ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
▪ qimmatli qogʻozlarning hosilalarini chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
▪ Jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish toʻgʻrisida qaror
qabul qilish;
▪ Jamiyat ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash),
rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
▪ korporativ maslahatchini tayinlash va uning faoliyati tartibini belgilovchi
nizomni tasdiqlash, agar Jamiyat ustavida bunday lavozimni joriy etish nazarda
tutilgan boʻlsa;
▪ Jamiyat ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash,
shuningdek har chorakda uning hisobotlarini eshitib borish;
▪ Jamiyat taftish komissiyasi a’zolariga toʻlanadigan haq
va kompensatsiya miqdori yuzasidan tavsiyalar berish;
▪ Jamiyat ijroiya organining faoliyatiga daxldor har qanday hujjatlardan erkin
foydalanish va Jamiyat kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish
uchun bu hujjatlarni ijroiya organidan olish. Jamiyat kuzatuv kengashi va uning
a’zolari olingan hujjatlardan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi mumkin;
▪ auditorlik tekshiruvini oʻtkazish (majburiy auditorlik tekshiruvi bundan
mustasno), auditorlik tashkilotini belgilash, uning xizmatlariga toʻlanadigan eng
koʻp haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish (shartnomani bekor qilish) toʻgʻrisida
qaror qabul qilish;
▪ dividend miqdori, uni toʻlash shakli va tartibi yuzasidan tavsiyalar berish;
▪ qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda yirik bitimlar tuzish haqida qaror
qabul qilish (yirik bitim tuzish masalasi boʻyicha Jamiyat kuzatuv kengashining
yakdilligiga erishilmagan taqdirda yirik bitim tuzish toʻgʻrisidagi masala
kengashning qaroriga koʻra aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hal qilish uchun olib
chiqilishi mumkin);
▪ qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda Jamiyatning affillangan shaxslari
bilan bitimlar tuzish haqida qaror qabul qilish;
▪ Jamiyatning tijorat va notijorat tashkilotlardagi ishtiroki bilan bogʻliq
bitimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzish;
▪ Jamiyatning filiallari, vakolatxonalari, shoʻ’ba va tobe korxonalarini tashkil
etish va tugatish;
▪ taftish komissiyasining oʻz vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan,
shu jumladan Jamiyatni boshqarishga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga
rioya etilishi yuzasidan taftish komissiyasining
va ichki audit xizmatining xulosalarini eshitish;
▪ Jamiyatning ijroiya organiga toʻlanadigan haq va (yoki) kompensatsiyalar
miqdorlarini belgilash, shuningdek, koʻrsatilgan toʻlovlarning chegarasi miqdorini
qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan samaradorlikning muhim koʻrsatkichlariga
bogʻlagan holda belgilash;
▪ Jamiyatning kelgusi yilga moʻljallangan yillik biznes-rejasini hisobot (joriy)
yilning 1 dekabridan kechiktirmay ma’qullash;
▪ Jamiyatning zaxira fondidan va boshqa fondlaridan foydalanish;
▪ qonunchilikka muvofiq boshqa masalalarni hal etish.
Jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar Jamiyatning ijroiya organi hal qilishi uchun berilishi mumkin emas.
Jamiyat kuzatuv kengashining majlislari Jamiyat kuzatuv kengashining raisi tomonidan uning oʻz tashabbusiga koʻra, Jamiyat kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi, Direktor va ichki audit xizmati boshligʻi talabiga koʻra chaqiriladi. Jamiyatning 1 foizdan kam boʻlmagan oddiy aksiyalari egalari (agar mavjud boʻlsa) kuzatuv kengashi majlisini chaqirishni talab qilish va kun tartibi yuzasidan taklif kiritish hamda Jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) bu organning miqdor tarkibidan oshmaydigan tarzda
nomzodlar koʻrsatish huquqiga ega.Jamiyat kuzatuv kengashining majlisini oʻtkazish uchun kvorum Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarining kamida 75 (etmish besh) foizidan kam boʻlmasligi kerak. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida qarorlar, majlisda hozir
boʻlganlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, mazkur ustavning 75-bandida koʻrsatilgan masalalar bundan mustasno. Jamiyat kuzatuv kengashining
majlisida masalalar hal etilayotganda Jamiyat kuzatuv kengashining har bir a’zosi
bitta ovozga ega boʻladi. Quyidagi masalalar boʻyicha qaror Jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi:
▪ yirik bitim va affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzish toʻgʻrisidagi qarorlar;
▪ Jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan sirtdan ovoz berish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) qarorlar qabul qilinganda. Jamiyat kuzatuv kengashining bir a’zosi oʻz ovozini Jamiyat kuzatuv kengashining boshqa a’zosiga berishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Jamiyat kuzatu kengashi a’zolarining ovozlari teng boʻlgan taqdirda kuzatuv kengash tomonidan qaror qabul qilishda Jamiyat kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz huquqiga ega.Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida bayonnoma yuritiladi. Jamiyat kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlis oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan kechiktirilmay tuziladi.
Majlis bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
▪ majlis oʻtkazilgan sana, vaqt va joy;
▪ majlisda hozir boʻlgan shaxslar;
▪ majlisning kun tartibi;
▪ ovoz berishga qoʻyilgan masalalar, ular yuzasidan oʻtkazilgan ovoz berish
yakunlari;
▪ qabul qilingan qarorlar.
Jamiyat kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlisda ishtirok etgan kuzatuv kengash a’zolari tomonidan imzolanadi, ular majlis bayonnomasi
toʻgʻri rasmiylashtirilishi uchun javobgar boʻladi. Jamiyat kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi imzolangan kuni Jamiyatning ijroiya organiga ijro etish uchun topshiriladi. Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda mazkur qaror haqidagi axborot Jamiyatning ijroiya organiga kuzatuv
kengashining majlisi oʻtkaziladigan kuni topshiriladi. Jamiyat kengashining faoliyat olib borish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, ushbu Ustav va Jamiyatning ichki hujjatlari bilan belgilanadi. Jamiyat kuzatuv kengashi vakolatiga kiritilgan masalalar hal qilish uchun Jamiyat ijroiya organiga berilishi mumkin emas.