Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi direktor tomonidan amalga oshiriladi. Direktor vakolatiga Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishga doir barcha masalalar kiradi, aksiyadorlar umumiy yigʻilishi va Kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilgan masalalar bundan mustasno. Jamiyat Direktorini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror, odatda, xorijiy menejerlar ham ishtirok etishi mumkin boʻlgan tanlov asosida qabul qilinadi. Jamiyatning Direktori qonunchilikka asosan, unga nisbatan qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiq boʻlishi lozim. Jamiyat Direktori Jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi. Jamiyat Direktori vakolat doirasiga quyidagilar kiradi: Jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritish va uning manfaatlarini himoya qilish;
Jamiyat nomidan kundalik xoʻjalik faoliyatini yuritish jarayonida tuziladigan bitimlar tuzish; Jamiyat aksiyadolari umumiy yigʻilishi va kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini tashkil etish; Jamiyatning filiali, vakolatxonasi shoʻ’ba va tobe korxonalarning tashkiliy tuzilmasini va xodimlarining me’yoriy sonini tasdiqlash, ularning rahbarini tayinlash va lavozimidan ozod qilish; Jamiyat xodimlarining mehnat haqini Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, mehnat haqi toʻlashga tegishli qonunchilik va me’yoriy hujjatlar, jamoa shartnomasi (bitimi) va Jamiyatda amal qiluvchi boshqa hujjatlarga hamda xodim va ish beruvchi orasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, soha tarif setkasi asosida belgilash. Xodimlar shtatlarini tasdiqlash, xodimlarni (ishchilarni) ishga qabul qilish, ular bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash, xodimlar tomonidan mehnat va ijro intizomiga rioya qilinishini ta’minlash; ishchi va xodimlarga ish haqi va mukofotlar miqdorini belgilash; Jamiyat nomidan amaldagi qonunchilikka asosan ishonchnomalarni berish;Jamiyatning barcha xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruq va farmoyishlar chiqarish va koʻrsatmalar berish; oʻz vakolatlari doirasida Jamiyatning samarali va barqaror ishlashini
ta’minlagan holda uning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish; Jamiyatda buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etish, shu jumladan e’lon qilish maqsadida Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga transformatsiyasini ta’minlash; qonun hujjatlariga muvofiq Jamiyat faoliyatiga doir ma’lumotlarni oshkor qilish; yillik hisobotlar va boshqa moliyaviy hisobotlar tegishli organlarga oʻz vaqtida taqdim etilishini, shuningdek aksiyadorlarga, kreditorlarga va boshqa
oluvchilarga yuboriladigan Jamiyat faoliyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlash; Jamiyat arxivi ishini tashkil etish va undagi hujjatlar butligini ta’minlash; amaldagi qonun hujjatlariga hamda Jamiyat ichki hujjatlariga rioya qilish; Jamiyat aksiyadolari umumiy yigʻilishining va kuzatuv kengashining vakolatiga kiruvchi
masalalardan tashqari, Jamiyat faoliyatining barcha masalalarini hal qilish;Jamiyat tomonidan mol-mulkni olish yoki uni boshqa shaxsga berish yoxud mol-mulkni boshqa shaxsga berish ehtimoli bilan bogʻliq bitim yoki oʻzaro bogʻlangan bir nechta bitimlar boʻyicha qaror qabul qilish, agar boshqa shaxsga berilayotgan yoki olinayotgan mol-mulkning balans qiymati bunday bitimlarni tuzish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinayotganda Jamiyat sof aktivlari miqdorining 15 foizigachasini tashkil etsa, aksiyalarni va boshqa qimmatli qogʻozlarni joylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan bitimlar bundan mustasno; Jamiyat aksiyadolari umumiy yigʻilishi va Kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini tashkil etish. Mazkur Ustav va Jamiyatning Ijroiya organi toʻgʻrisidagi nizomiga asosan vakolat doirasiga kiritilgan boshqa masalalar. Direktor Jamiyatga nisbatan qonunchilik va ushbu ustav tomonidan, shuningdek Jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan oʻrnatilgan barcha talablarga rioya qilishi shart. Direktorni lavozimdan ozod qilish Jamiyat kuzatuv kengashi qarori va (yoki) aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qarorlari bilan amalga oshiriladi. Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari, Direktori, shuningdek ishonchli boshqaruvchi oʻz huquqlarini amalga oshirishda va oʻz majburiyatlarini bajarishda Jamiyatning manfaatlarini koʻzlab ish tutishi hamda belgilangan tartibda javobgar boʻlishi lozim. Agar Jamiyat Kuzatuv kengashi va ijroiya organi bir necha a’zolari javobgar deb topilsa, ular Jamiyat oldida solidar javobgar boʻladi Jamiyat yoki u joylashtirgan aksiyalarning hammasi boʻlib kamida bir foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) Jamiyatga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi da’vo bilan Jamiyatning kuzatuv kengashi a’zosi, direktor, shuningdek ishonchli boshqaruvchi ustidan sudga murojaat qilishga haqli.Sud Jamiyat kuzatuv kengashi a’zosini yoki Direktorini Jamiyatga mulkiy zarar etkazganlikda aybdor deb topgan taqdirda, ushbu a’zoning, vakolatlari sudning
qaroriga koʻra, ularning xoʻjalik jamiyatlarida rahbarlik lavozimini egallashi taqiqlangan holda, bir yildan kam boʻlmagan muddatga tugatilishi mumkin. Jamiyatning kuzatuv kengashi a’zosi, Direktor, shuningdek ishonchli boshqaruvchi Jamiyatga chalgʻituvchi axborot yoki bila turib yolgʻon axborot taqdim etganligi yoxud oʻzlari yoki oʻz affillangan shaxslari tomonidan foyda (daromad) olish maqsadida yirik bitim tuzishni va (yoki) yirik bitim tuzish va (yoki) affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilishni taklif etganligi natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgarlikka tortilishi mumkin.
Agar Jamiyatning ijroiya organi tomonidan yirik bitim yoki affillangan shaxslar bilan bitim tuzish tartibi buzilganligi natijasida Jamiyatga zarar yetkazilgan boʻlsa va bunda Jamiyat direktorining yoki boshqaruv a’zolarining yoxud ishonchli boshqaruvchining aybi qonunchilikda belgilangan tartibda isbotlansa, Jamiyatning kreditorlar oldidagi qarzdorligini qoplash uchun uning mol-mulki etarli boʻlmagan taqdirda Jamiyatning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgar boʻladi.