Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Farg'ona shahar Ilg'or MFY Xalqaro ko'rgazmalar Ekspo markazi binosi
Ishonch telefoni +998 97 046 11 66

Yangiliklar

Farg‘ona viloyati va Xubey provinsiyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Xitoyning Xubey provinsiyasi Qurilishni rivojlantirish markazi direktori Van Yingrong boshchiligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasi Farg‘ona viloyatida bo‘lib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati hamda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay investitsiya muhiti bilan yaqindan tanishdi. Ularga viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov hamrohlik qildi.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Farg‘ona shahridagi “Farg‘ona ekspo” markazida tashkil etilgan mahalliy mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishib, viloyatning ishlab chiqarish va eksport imkoniyatlari haqida ma’lumot oldilar.

Shuningdek, ikki hudud ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida B2B uchrashuvlari tashkil etildi.

Uchrashuvlar yakunida tomonlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

← Barcha yangiliklar