





➡️ Yig‘ilish kun tartibiga 3 ta masala kiritilgan bo‘lib, ular yuzasidan Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida ishlab chiqilgan tartib va nizom loyihalari ko‘rib chiqildi.
📊 Jumladan, gastronomik va turizm ko‘chalarida mulk egalariga tegishli bino va inshootlarga tutash hududlar hamda umumiy foydalanishdagi yer uchastkalaridan tijorat maqsadlarida foydalanish tartibi, shuningdek renovatsiya loyihalarini tashabbus qilish, tasdiqlash va auksion savdolariga chiqarish tartibi hamda infratuzilma xarajatlarini tartibga solish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.
✍️ Mazkur masalalar yuzasidan “Farg‘ona invest kompaniyasi” AJ rahbari Y.Shokirov tomonidan batafsil hisobot taqdim etildi.
💬 Yig‘ilish davomida doimiy komissiya a’zolari hamda ekspertlar guruhi tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar asosida loyihalarni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi. Har bir masala yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi.
✔️ Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan 3 ta masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularni qayta ishlash va takomillashtirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar belgilandi.